Avstraliyalik olimlar qahvaning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sirini o‘rganishdi. Tadqiqot doirasida olimlar eksperiment boshlanishida yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekmagan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 449 ming ishtirokchining ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Ular har kuni qancha va qanday qahva ichishlari haqidagi savolga javob berishdi. So‘ngra ular kuniga ichadigan qahvalariga qarab oltita guruhga bo'lingan.
Natijada 27 000 (6,2%) ishtirokchi 12 yillik kuzatuv davomida vafot etgan. Shu bilan birga, qahvani har qanday shaklda iste'mol qilgan ko‘ngillilarning o‘lim xavfi kamroq edi. Ichimlikning eng katta ta’siri kuniga ikki-uch chashka qahva ichgan odamlar orasida qayd etilgan.
Yurak-qon tomir kasalliklari va qahva iste’moli o‘rtasidagi bog‘liqlik ham o‘rganildi. Tegishli patologiyalar 43 mingtasida (9,6%) aniqlangan. Shu bilan birga, kuniga ikki-uch chashka qahva iste’mol qilgan guruhda bunday kasalliklarni rivojlanish xavfi eng past bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!