O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Kamilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan.
Senat majlisda bo‘lib o‘tgan muhokama natijasida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisligiga nomzod muhokama qilindi.
Majlis yakunida senatorlar tomonidan sud tizimida rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar ishlab kelgan Baxtiyor Jaxangirovich Islamov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi.
Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!