O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sadoqat Gʻafforovna Siddiqova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sadoqat Siddiqova mazkur tayinlovga qadar Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2018-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Qayd etilishicha, vazirlik tuzilmasida professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti ham tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!