Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlandi” sarlavhali xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 26-noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi M.M.( ayol ) Oltiariq tumani Bozorboshi MFY, “Yashilxiyobon” nomli istirohat bog‘ida tanishlari D.B., O.R. hamda U. R.lar bilan janjallashib, oshxona pichog‘i bilan urib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!