AQShda “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar roʻyxatini eʼlon qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unga HFPA prezidenti Xelen Xon hamda reper Snup Dogg boshlovchilik qildi.
“Eng yaxshi dramatik film” yoʻnalishiga daʼvogarlik qilayotganlar orasida “Dyuna”, “Belfast”, “CODA: Kar ota-onaning bolasi”, “Qirol Richard” filmlari bor.
“Eng yaxshi erkak roli” yoʻnalishidagi nomzodlar roʻyxatidan Maxershala Ali, Xaver Bardem, Benedikt Kamberbetch, Uill Smit, Denzel Vashingtonlar joy olgan. “Eng yaxshi ayol roli” yoʻnalishidagi gʻoliblik uchun esa aktrisalar Jessika Chesteyn, Oliviya Kolman, Nikol Kidman, Ledi Gaga, Kristen Styuartlar oʻzaro kurash olib borishadi.
Olamshumul mashhurlikka erishgan “Kalmar oʻyini” seriali “Eng yaxshi dramatik teleserial” yoʻnalishida gʻoliblikka daʼvogarlik qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Oltin globus” mukofoti gʻoliblarini aniqlash marosimi 2022-yilning 9-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!