Amsterdamning “Ayaks” klubi darvozaboni Andrea Onana faoliyatini Yevropaning qaysi klubida davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo'ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ‘Twitter’dagi sahifasida xabar berishicha, 25 yoshli kamerunlik futbolchining Italiya chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, darvozabonning yangi klubi “Inter” bo‘ladi. “Neradzurrilar” kelgusi yozda Andreani tekinga qo‘lga kiritishni mo‘ljal qilgan. Onananing “Ayaks” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z yakuniga yetadi.
Insayderning ta’kidlashicha, milanliklar darvozabon uchun bahsda “Barselona” bilan raqobatga kirishadi. “Neradzurrilar” kelasi yili 38 yoshga to‘ladigan keksa Samir Xandanovich o‘rniga nisbatan yoshroq Onanani o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!