Raqamli muloqot odamlarning ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Kent universiteti olimlari oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida aynan mana shunday xulosaga keldilar.
Tadqiqot jarayoni video hamda matnlar orqali muloqot qilish taʼminlanadigan ilovalardagi maʼlumotlar almashinuvi 16 yoshdan katta boʻlgan odamlarning ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazishini koʻrsatgan. Tadqiqot ishtirokchilarida onlayn muloqot jarayonida suhbatdoshning ruhiy holatini his qila olish imkoniyati yomonlashgani qayd etilgan.
Olimlar pandemiya davrida izolyatsiya sharoitida yashashga majbur boʻlgan odamlarga onlayn muloqotning qanday taʼsir qilganini oʻrganishgan. Ilovalar orqali muloqotga kirishgan odamlarda suhbatdoshga nisbatan hamdardlik hissi ham yoʻqolgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!