“Osiyo bolalari” musobaqasida boks bahslariga yakun yasaldi.
Yigitlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda 13 nafar vakilimiz ishtirok etdi. Quvonarlisi, ularning barchasi shohsupaga ko‘tarilib, 100 foizlik natija ko‘rsatishdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin medal:
-46 kg: Sobirjon Tastanov
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-54 kg: Mironshoh Norqosimov
-60 kg: Farruh To‘laganov
-66 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-70 kg: Abbos Abdurahimov
Kumush medal:
-63 kg: Abdulloh Tohirov
Bronza medal:
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Nodirbek Allabergenov
-57 kg: Ozodjon Tojiboyev
-75 kg: Temurbek Abduvahobov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+80 kg: Halimjon Mamasoliyev
Eslatib o‘tamiz, qizlarimiz ham boks bahslarida 5 nafar sportchi bilan qatnashib, ularning bari sovrindorlar qatoridan joy olishgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!