O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-15) Dubay shahrida o‘tkazgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini yakunladi.
23-dekabr kuni vakillarimiz BAAlik tengdoshlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchishdi.
O‘smirlarimizga g‘alaba keltirgan har ikki golga Lazizbek Mirzayev mualliflik qildi. Birinchi uchrashuvda ham aynan Mirzayev tomonidan kiritilgan yagona gol Server Jeparov shogirdlariga muhim g‘alaba keltirgandi.
O‘rtoqlik o‘yini.
23-dekabr
BAA U-15 – O‘zbekiston U-15 – 1:2
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!