Futzal olamida muntazam ravishda yilning eng yaxshilari aniqlab keladigan nufuzli Futsalplanet.com sayti tomonidan “Futsalplanet Awards” marosimi oldidan turli nominatsiyalar boʻyicha 2021-yilning kuchli oʻnliklari eʼlon qilindi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston futzalchilari ham bor.
Xususan, dunyoning eng yaxshi futzal jamoasi nomi uchun kuchli oʻnlikda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qayd etilgan. Futzalchilarimiz bilan birga ushbu roʻyxatdan Argentina, Bosniya-Gersogovina, Eron, Yaponiya, Qozogʻiston, Marokash, Portugaliya, Slovakiya va Venesuela terma jamoalari joy olishgan.
Shuningdek, yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiyi nominatsiyasida esa Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov kuchli oʻntalikdan joy oldi.
Taʼkidlanishicha, jahon chempionatida yorqin va irodali oʻyin koʻrsatgan futzalchilarimiz va murabbiylar shtabiga bu yana bir munosib eʼtirof boʻldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!