2024-yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston rekord darajadagi 1,36 milliard dollarga gaz import qilgan. Bu haqda Prezident huzuridagi Statistika agentligining mamlakat tashqi savdosi haqidagi hisobotda ko‘rsatilgan.
Bu yetkazib berish hajmi 561,7 million dollarni tashkil etgan 2023-yilning 10 oyidagiga nisbatan 2,4 barobar ko‘p. Bu o‘tgan yil davomida import qilingan gazning umumiy hajmidan (694,9 million dollar) ham qariyb 2 barobar ko‘p.
Yanvarda “ko‘k yoqilg‘i” importi 35,6 million dollarni tashkil etgan, fevralda — 3,7 barobar ko‘p yoki 131,1 million dollar, martda — 193,5 million dollar, aprelda — 102,6 million dollar, mayda — 180,4 million dollar, iyunda — 166,3 million dollar, iyulda — 174,2 million dollar, avgustda — 168,3 million dollar, sentyabrda — 126,3 million dollar. Statistika agentligi yetkazib berishning fizik hajmini oshkor etmaydi.
Oktyabrda 86,7 million dollarlik gaz yetkazib berildi, bu 2023-yil oktyabriga (73,8 million dollar) nisbatan 17,4 foizga ko‘p.
O‘zbekiston, shuningdek, o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq gaz eksport qila boshladi. Yetkazib berish hajmi 540,4 million dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga (458,2 million dollar) nisbatan 17,9 foizga ko‘p. Yanvarda bu ko‘rsatkich 21 million dollarni tashkil etdi, fevralda — 5,7 million dollar, martda — 18,7 million dollar, aprelda — 6,9 million dollar, mayda — 7,6 million dollar, iyunda — 181,5 million dollar, iyulda — 81,7 million dollar, avgustda — 81,7 million dollar, sentyabrda — 74,7 million dollar.
Oktyabrda eksport 60,9 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning oktyabriga (46,5 million dollar) nisbatan 1,3 barobar ko‘p. O‘zbekiston gazni asosan Xitoyga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikistonga yetkazib bermoqda.
XXR Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Xitoyga o‘zbek gazi eksporti 587,9 million dollarni tashkil etgan, bu 2023-yil o‘n oylik ko‘rsatkichidan (470,3 million dollar) 25 foizga ko‘p. Yanvarda Xitoy O‘zbekistondan 38,8 million dollarlik gaz import qildi, fevralda — 18,6 million dollar, aprelda — 11,4 million dollar, mayda — 85 million dollar, iyunda — 81,1 million dollar, iyulda — 69,2 million dollar, avgustda — 97,37 million dollar, sentyabrda — 97,4 million dollar. Bunda ham fizik hajmlar oshkor etilmagan.
Oktyabr oyida O‘zbekiston gazining importi 88,9 million dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil sentyabriga (42,38 million dollar) nisbatan qariyb 2,1 baravar ko‘p.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!