Davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2022-yilning yanvar-aprel oylari O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 734 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan. Quyida 4 oy davomida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillar import qilganini ko‘rishingiz mumkin:
Xitoy – 654 ta;
Birlashgan Arab Amirliklari – 40 ta;
Germaniya – 17 ta;
Gonkong – 10 ta;
Litva – 6 ta;
Estoniya – 2 ta;
Koreya – 2 ta.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!