O‘zbekiston Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha so‘rovini ma’qulladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 7 martdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasiga muvofiq, 2022-yil 16-sentyabrda Samarqand shahrida imzolangan Eron Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish maqsadidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat tartib-qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida tegishli bildirishnomani ShHT Kotibiyatiga yuborish topshirilgan. Bitim qoidalarining bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklatilgan.
Ma’lumot qilinishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tashkilotga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!