Ilk marta O‘zbekistondan yuk quruqlik orqali Pokistonning Karachi portiga yetkazilib, u yerdan Hindistonga eksport qilindi.
Bunda Pokiston tomonining International Container Terminal Services, Inc. (ICTSI) kaompaniyasining Karachi portida faoliyat yurituvchi biznes-bo‘limi hamda Pokiston xalqaro konteyner terminali (PICT) asosiy rolni o‘ynamoqda.
Qayd etilishicha, mazkur amaliyot ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni, yaqinda rivojlanayotgan savdo aloqalari mintaqaviy ishbilarmonlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va jahon savdosi tizimida sezilarli o‘zgarish yasaydi.
Pokiston xalqaro konteyner terminali maʼmuriyati, shuningdek, ushbu amaliyot boshqa mamlakatlarni ham Pokistonning savdo yo‘lidan foydalanishga undashini, bu esa mintaqadagi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan boshqa mamlakatlar uchun noyob geostrategik imtiyozlar berishi mumkinligini qayd etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi.
2022-yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!