Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda Rossiyaning “Rostov” klubi sobiq himoyachisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Rostov” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Nikolay Vladimirovich “Rostov” klubida 5 yil davomida 100 dan ortiq oʻyinlar oʻtkazgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Rostovda qolishga qaror qilgan va shu yerda yashayotgan edi.
“Rostov” klubi Nikolay Shirshovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi”, — deyilgan xabarda. Aytilishicha, Shirshov oʻtgan yili insult boʻlib qolgan. Bugun u bekatlardan birida yiqilib vafot etgan.
Maʼlumot uchun, Nikolay Shirshov 1996-yildan 2005-yilga qadar Oʻzbekiston milliy jamoasi safida 63 oʻyinda 13 ta golga mualliflik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!