Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Mazkur reytingga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti “QS by Subject Rankings”da “Matematika” sohasida erishgan natijalari bilan dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatori(451-500 o‘rin)dan joy oldi.
Ta’kidlanishicha, O‘zMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obro‘si yuqori baholaganligi xalqaro reytingda e’tirof etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!