O‘zbekiston Markaziy banki 2021-yil noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, mamlakat dunyodagi eng ko‘p tilla sotgan davlat bo‘ldi. Shuningdek, Turkiya 7 tonna, Rossiya 3,1 tonna va Qirg‘iziston 1,4 tonna oltin sotgan, deb xabar bermoqda “World Gold Council”.
Ta’kidlanishicha, ushbu davrda Qozog‘iston (4,3 t), Polsha (3,4 t) va Hindiston (2,8 t) oltinni faol xarid qilgan.
Noyabr oyida esa oltin narxi global bozorda o‘sib, 1866 AQSh dollarni tashkil etgandi.
Statqo‘mga ko‘ra, oltin sotuvidan O‘zbekiston 2021-yilning 11 oyi yakuni bilan 4,1 milliard AQSh dollar daromad qilgan. Shuning deyarli 40 foizi noyabr oyida amalga oshirilgan sotuvdan tushgan.
2017-2020 yillarda O‘zbekiston oltin-valyuta rezervlari 26,4 milliard dollardan 34,9 milliard dollarga oshgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2021-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 34,41 milliard dollarni tashkil qildi va mazkur miqdor sentyabr bilan solishtirganda 1,2 milliard dollarga kamaygan. Bundagi yo‘qotishlarning yarmi oltinga to‘g‘ri keladi. Bir oy davomida uning miqdori 200 ming troy unsiyasiga oshgan, lekin uning umumiy qiymati 528 million dollarga kamaygan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!