O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
O‘zbekiston quyidagi reytinglarda yuqoriladi:
“Hukumat samaradorligi” ko‘rsatkichida 22 pog‘onaga ko‘tarilib, 116-o‘rinni egallagan;
“Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik hamda terrorizimning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida 19 pog‘onaga o‘sib, 130-o‘rinda qayd etilgan;
“Tartibga solish sifati” yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sib, 144-o‘rinni egallagan:
“Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilanib, 161-o‘rinda qayd etilgan.
“Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarilib, 168-o‘rinni egallagan.
“Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqorilab, 182-o‘rinda qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!