$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 13°

Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi

21:31 / 19.11.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 19-noyabr kuni tashrif bilan Rossiyaga keldi. Oliy darajadagi muzokaralar Kremlda boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Vladimir Putin uchrashuv avvalida davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, Prezident saylovida ishonchli gʻalaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

- Oʻzbekiston nafaqat eng yaqin qoʻshnimiz, balki ittifoqdoshimizdir. Biz Oʻzbekistonni aynan shunday qabul qilamiz, — dedi Rossiya Prezidenti. – Bu yirik mintaqaviy davlat boʻlib, bizlarni tarix nuqtai nazaridan ham, bugungi kunda ham koʻplab jihatlar bogʻlab turadi.

Bugun Oʻzbekiston tovar ayirboshlash hajmining 18 foizi Rossiyaga toʻgʻri kelmoqda. Tovar ayirboshlash koʻpaymoqda: pandemiyaga qaramay, oʻtgan yili 15 foizdan koʻproqqa oshgan. Bu koʻrsatkich hatto murakkab davrda ham hamkorlik qilayotganimizni, hamkorligimiz muvaffaqiyatli kechayotganini aniq-ravshan koʻrsatib turibdi.

Bugun ham birgalikdagi ishlarimiz mintaqaviy formatda, davlatlararo shaklda barcha yoʻnalishlarda davom etmoqda. Iqtisodiyot, gumanitar aloqalar, transport infratuzilmasi shular jumlasidan. Bu borada birgalikda ishlashimiz uchun katta maydon mavjud, ikkimiz muhokama qilib olishimiz lozim boʻlgan masalalar juda koʻp.

Davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentiga taklif va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

– Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, keyingi yillarda munosabatlarimizda chinakam ulkan yutuqlarga erishildi – bunday koʻrsatkichlar ilgari boʻlmagan. Siz aytganingizdek, tovar ayirboshlash ortmoqda: toʻqqiz oy yakunida besh milliardni tashkil etdi, yil oxirida yetti milliard boʻladi. Munosabatlarimizda bunday raqam ilgari kuzatilmagan.

Bosh vazirlar rahbarligidagi Hukumatlararo komissiya juda jiddiy ishlamoqda – Siz qoʻllab-quvvatladingiz va jiddiy natijalarga erishilmoqda. Tashrifdan avval juda salmoqli ishlar qilindi. Uchta katta tadbir: hududlar, taʼlim va media forumlari oʻtkazildi.

Natijalarga kelsak, bugun 14 milliard dollarlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, hududlararo forum doirasida. Uch yil avval Siz bilan ushbu forumni boshlayotganimizda bunday tadbirlar yoʻq edi. Natija esa katta: hududlar uchrashmoqda, hamkorligimizga katta turtki bermoqda.

Bugungi uchrashuvimiz hududlararo aloqalar, ikki tomonlama hamkorlik, xavfsizlik masalalari, Afgʻoniston masalasini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir, – dedi Prezidentimiz.

Umuman, Prezidentlar ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan munosabatlar yuksak darajaga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Keyingi yillarda ushbu sohalarda chinakam ulkan yutuqlarga erishildi. Bosh vazirlar darajasidagi qoʻshma komissiya hamda Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishlari muntazam oʻtkazilmoqda. Hududlar oʻrtasida yaqindan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Birgina joriy yilda yuqori darajadagi 50 ta oʻzaro tashrif tashkillashtirildi.

2020-yilda oʻzaro savdo hajmi 5,6 milliard dollardan oshgan boʻlsa, joriy yilning 10 oyida ushbu koʻrsatkich 6 milliard dollarga yetib, yil yakuniga qadar 7 milliard dollarga yaqinlashishi kutilmoqda. Keyingi toʻrt yilda Oʻzbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga koʻpayib, qariyb 3 mingtani tashkil etmoqda.

Bugun Oʻzbekiston iqtisodiyotida Rossiyadan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi va jadal oʻsishda davom etmoqda. Umumiy qiymati 14 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Prezidentlar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda investitsiyaviy hamkorlikni davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

Bunda Oʻzbekiston rahbarining tashrifi arafasida oʻtkazilgan II Hududlararo hamkorlik forumi natijalari ham muhim oʻrin tutadi. Zero, forum yakunida sanoat, energetika, transport va farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoatiga doir yangi bitim va shartnomalar imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta zaxiralar borligini qayd etdi. Shu munosabat bilan ustuvor sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratdilar.

Joriy yil may oyida Buxoroda Rektorlar anjumani, 16-17 noyabr kunlari esa Moskvada ikkinchi Taʼlim forumi oʻtkazilgani taʼkidlandi. Forum yakunida sheriklikning yangi yoʻnalishlariga doir 35 dan ortiq bitimlar imzolandi. Bugun Rossiya oliy taʼlim muassasalarining eng koʻp xorijiy filiallari Oʻzbekistonda faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda ularning soni 15 tani tashkil etmoqda, shundan 12 tasi keyingi toʻrt yilda ochilgan.

Sogʻliqni saqlash sohasida ham yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyalik hamkorlar koʻmagida Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish tashkil etildi, Toshkentda Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filialini ochish ishlari yakuniga yetdi. Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik tomonlarni qiziqtirgan masalalarga toʻxtalib oʻtdilar.

Mamlakatlarimiz tashqi siyosat va mudofaa idoralari oʻrtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari va Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Rossiya tomoni Oʻzbekistonning Afgʻonistonda tinchlik jarayoniga koʻmaklashish borasidagi muhim saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi.

Davlat rahbarlari BMT, MDH, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar. Samimiy va doʻstona muhitda oʻtgan suhbat yakunida tomonlar Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida qatʼiy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Muzokaralar yakunida Prezidentlar Xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.


Siyosat


														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024

														
														O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa f…
13:56 / 15.04.2024

														
														Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi

“AQSh Ukrainaga haddan tashqari e’tibor qaratmoqda”.
15:40 / 05.04.2024

														
														Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt yuzasidan uch kishi qo‘lga olindi

Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.
13:38 / 05.04.2024

														
														“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

“Rolex ishi” bo‘yicha Peru prezidentining uyi tintuv qilindi

Bu haqda bosh vazir Gustavo Adrianzen ma’lum qildi.
09:39 / 31.03.2024

														
														TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati mansabdorlari bilan uchrashdi

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qula…
09:31 / 13.03.2024

														
														O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Bosh vaziri qabulida bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qabulida bo‘ldi.
10:45 / 08.03.2024

														
														Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedovdan Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub keldi

Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbeki…
15:05 / 23.02.2024

Bu ham qiziq

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Erdo‘g‘an: Netanyaxu – “zamonamizning Gitleri”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qildi. U Isroil bos…
10:55 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!