$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

O‘zbekiston ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatish uchun 15 mlrd so‘m ajratiladi

20:37 / 21.01.2022

O‘zbekiston ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rgatish uchun 15 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqida Norma xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining 19-yanvardagi “Chet tillarni o‘rganishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qaror bilan xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan Chet tillarni o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan tashqari 15 milliard so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Davlat byudjetidan jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:

- maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida samarali o‘qitish uslublari, dasturlari va darsliklarini joriy etish;
- xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, xalqaro test sinovlari va ularni o‘tkazish uchun tegishli ruxsat va litsenziyalar, chet tillarini o‘qitish mazmuniga mualliflik huquqini sotib olish;
- xorijiy tillarni o‘rganishga ko‘maklashish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- asosiy til ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videolar, o‘yinlar, ko‘ngilochar, filmlar va boshqa ta’lim kontentini yaratish;
- fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali, shu jumladan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish va boshqalar.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-fevraldan kamida C1 yoki undan yuqori darajadagi xalqaro miqyosda tan olingan milliy yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega hamda rus tilida so‘zlashmaydigan ta’lim muassasalarida (sinflarida) ishlayotgan rus tili o‘qituvchilariga ish haqiga 50 foiz qo‘shimcha to‘lanadi.

Bunda “Test of Russian Foreign Language” (TORFL)ning C1 darajasidagi xalqaro sertifikat, “Rus tilidan chet tili sifatidagi test»dan TRKI3 darajasidagi xalqaro sertifikat, shuningdek, o‘zaro mos keluvchi C1 “tilidan chet tili sifatidagi test” xalqaro sertifikatlari hamda “The Common European Framework of Reference for Languages” C1 darajadagi sertifikat hisobga olinadi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yil 1-martdan boshlab malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda chet tili o‘qituvchilarining o‘qish, yozish va nutq so‘zlash bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish hamda sertifikat olishga qaratilgan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga 2022-yil 1-mayga qadar xalqaro miqyosda e’tirof etilgan baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda chet tillari o‘qituvchilarining tinglash, o‘qish, yozish va so‘zlash bo‘yicha malaka testlarida tinglash, o‘qish, yozish va so‘zlash malakasini baholash tizimini ishlab chiqish topshirilgan.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2022-yil 20-yanvardan kuchga kirgan.


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024

														
														O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024

														
														Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024

														
														Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024

														
														AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’…
10:53 / 18.04.2024

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
09:55 / 18.04.2024

														
														Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024

														
														Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Bu haqda Qirg‘iziston IIV xabar qildi.
09:18 / 18.04.2024

Bu ham qiziq

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’…
10:53 / 18.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
14:19 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Isroil 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirgan.
16:05 / 17.04.2024
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
09:55 / 18.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024
Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota chiqarildi

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jeweler” magazinlarida mavjud.
09:57 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!