Dehlida Hindiston-Oʻzbekiston biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda.
Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Acharya instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida Acharya institutining Oʻzbekistondagi filialini ochilish koʻzda tutilgan.
“Kelgusida mazkur oliy taʼlim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqariladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Acharya instituti 1990 yilda tashkil etilgan va u Bangalordagi eng yirik xususiy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Acharya institutlari tarmogʻida 75 mamlakatdan kelgan 15 mingdan ziyod talabalar taʼlim olmoqda.
Taʼlim 100 dan ortiq oʻquv dasturlari boʻyicha olib boriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!