$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

O‘zbekiston xalqaro tashkilotdan 747,4 ming Shveysariya franki miqdorida qarz bo‘lib qoldi

14:24 / 07.06.2022

Hukumat Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tashkilotda O‘zbekiston Respublikasining ovoz berish huquqini saqlab qolish, shuningdek, mamlakatning siyosiy imijini yaxshilash maqsadida tashkilotga aʼzolik badallarini to‘lab berish haqidagi qarorni qabul qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumatining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdorligi byudjet mablag‘lari hisobidan alohida qaror asosida so‘ndiriladi.

Shunga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti oldida O‘zbekistonning aʼzolik badali to‘lovlari bo‘yicha avvalgi yillarda yuzaga kelgan 747 ming 400 Shveysariya franki miqdoridagi qarzdorlik (taxminan 768 ming AQSh dollari, -tahr.) 2024-yilga qadar bosqichma-bosqich qoplanadi.

Mazkur qarzdorlikning 2022-2024-yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich qoplanishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, 2023-yildan boshlab O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti oldidagi aʼzolik badalidan qarzdorligini so‘ndirish uchun zarur mablag‘lar Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutib borilishi belgilanmoqda.

Maʼlumot uchun, Xalqaro mehnat tashkilotiga 170 dan ortiq davlat aʼzo bo‘lib, O‘zbekiston 1992-yil tashkilotga aʼzo davlatlar tarkibiga kirgan, tashkilotning 11 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.

Bu tashkilot mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan to‘liq bandlikni taʼminlash va turmush darajasini ko‘tarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar o‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantirish choralarini ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlarni teng huquqlarda birlashtiradi.


O‘zbekiston


														
														Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024

														
														O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024

														
														Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024

														
														Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024

														
														23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 23-aprel, seshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
15:22 / 22.04.2024

														
														Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

Mirobod tumanidagi Avliyo ota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiy…
08:48 / 22.04.2024

Bu ham qiziq

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Professional bo‘lmagan hakam tufayli nogiron bo‘lib qolgan bokschi

Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?
10:54 / 22.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Rossiyaning Voronej shahrida elektromexanika zavodi yonib ketdi

Yonish maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil qiladi.
14:24 / 22.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Bu haqda “The Kyiv Independent” nashri maʼlum qildi.
11:47 / 22.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

TikTok AQShda butunlay taqiqlandi

Rossiyada bloklanishi taklif qilinyapti.
10:49 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!