$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

O‘zbekistonda benzin narxi “kim”ning nog‘orasiga o‘ynayapti?!

14:11 / 09.12.2021

Xabardor.uz avtomobil benzini, xususan, AI-80 markali benzinining ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib kelgunga qadar bo‘lgan jarayonlarni kuzatishda davom etadi.

Tahririyat bir muddat oldin birja savdolariga qo‘yilayotgan benzin mahsulotining narxi birja savdolarida qanday shakllanayotgani, u yerdagi ko‘z ilg‘amas o‘yinlar va manipulyatorlar haqida ayrim ma’lumotlarni ochiqlagan edi.

Bunga esa oddiy iste’molchi bo‘lgan aholi vakillarining munosabati, albatta yaxshi bo‘lmagan.

Xo‘sh, yana nimalar mavhum? Nega birja va ko‘cha narxlari bir-biriga munosib emas? Nega AI-80 markali benzinning birjadagi boshlang‘ich narxining o‘ziyoq joriy yil 11 oyida 63,2 foizga o‘sgan?

Ma’lumki, joriy yil noyabrning o‘rtalariga kelib benzin mavzusi kun tartibidagi asosiy mavzuga aylandi va bu, qaysidir ma’noda, birjadagi narxlarning tushishiga olib keldi. Demak, jamoatchilik nazorati, boshqacharoq aytganda, aholining so‘nggi nuqtadagi noroziligi birjadagi narxlarga ta’sir qilayotgan ekan, u yerdagi narxlarning sun’iy shakllanmayotganiga kim kafolat beradi?!

Xullas, davom etamiz.

Bu masala 16-noyabrga kelib, Hukumat darajasida ko‘rildi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz”ga, Birjaga va hududiy neftebazalarga 683/1-15-sonli xatini chiqardi.

Unga muvofiq 2021 yil 16 noyabrdan boshlab birja savdolaridagi bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan sotib olinadigan benzin mahsulotining maksimal hajmiga cheklov o‘rnatildi.

Unga ko‘ra, 17-noyabr kunidan boshlab birja savdolariga qo‘yilayotgan avtomobil benzini xaridorlariga bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdori 60 tonnalik lotlar bo‘yicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar bo‘yicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi.

Bu chora bir hafta, o‘n kunni ichidayoq o‘z samarasini berdi, ya’ni benzin narxi birjada ham ko‘chada ham tushishni boshladi. Mana bo‘larkan-ku!

Ammo, yuqorida aytilgan hujjatning eng so‘nggiga “istisno” bandi kiritilgani baribir odamning ko‘nglini g‘ash qilgandi: “Ushbu tartib vaqtinchalik hisoblanadi va qo‘shimcha ko‘rsatma berilgunga qadar amal qiladi”.

Aftidan Qo‘mita aholi (jamoatchilik) noroziligi yoki Hukumatning topshirig‘i sababli shoshilinch chora sifatida tegishli tashkilotlarga o‘zining vakolati doirasida yuqoridagi xatni chiqargan va oxiriga har ehtimolga qarshi qo‘shib qo‘yishgan: “ushbu tartib vaqtinchalik hisoblanadi...”

Xullas, iste’molchi birjadagi narxlar tushsa-da, ko‘chadagi narxlarning tushishdan to‘xtagani yoki ayrim joylarda narxning yuqoriligicha qolayotgani haqida bir-biriga nolib turganida tahririyat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining navbatdagi, yuqorida aytilgan “vaqtinchalik” choraning davomi bo‘lgan yashirin xat (xatning o‘zini qo‘lga kiritolmadi) haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi.

Bungacha esa tahririyatga xaridorlarning birja orqali sotib oladigan mahsulotiga qo‘yilgan cheklovlarga qaramasdan 26-noyabr holatiga bir xaridorning 167 vagon benzin mahsulotini birja orqali sotib olgani, ya’ni Aksilmonopoliya qo‘mitasining kiritgan tartibiga kimdir “tupurib” qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushgan edi.

Hammasi oydinlashdi. Ya’ni Xabardor.uz qo‘lga kiritgan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘mita joriy yil 26-noyabr kuni (avvalgi xatdan 10 kun o‘tib) yana tegishli idoralarga 683/1-15-sonli xatini to‘ldiruvchi qo‘shimcha xat chiqaradi.

Unga ko‘ra, “yuqorida aytilgan cheklovlar “forvard” shartnomalariga ta’sir qilmagan holda alohida belgilanadi...”

Mana nega “kimdir” cheklovlardan qo‘rqmasdan bir yo‘la 167ta vagonni sotib olyapti va tabiiyki, bozordagi narxni “regulirovka” qilyapti. “U” kim? (“U"ni va uning manfaatini himoya qiluvchilarni, agar xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lsa, o‘rganishni, albatta, tegishli organlarga qoldiramiz.)

Endi o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun “spot” va “forvard” shartnomalari haqida qisqacha.

“O‘zbekneftegaz” AJ o‘z mahsulotlarini (respublika bo‘yicha jami iste’molning 60 foizini yetkazib beradi) birja savdоlariga chiqarishning “antiqa” yo‘lini o‘ylab topgan. Ya’ni mahsulot birjada bir sessiyada bitta shartnoma bo‘yicha emas, balki tabaqalashgan ko‘rinishda, ya’ni “spot” va “forvard” shartnomalari asosida sotiladi.

“Spot” shartnomalariga ko‘ra, birja shartnoma ijrosini shu kuniyoq ta’minlashi kerak, ya’ni xaridorga mahsulot shu kunning o‘zidayoq yetkaziladi (yuqoridagi cheklovlar ham aynan shu qismida qoldirilgan).

“Forvard” shartnomasiga ko‘ra esa ishlab chiqaruvchi (“O‘zbekneftegaz” AJ) o‘z mahsulotini 90 kungacha bo‘lgan muddatda yetkazib berish sharti bilan birja savdolariga umumiy kunlik hajm (3 ming tonna)ning yarmini qo‘yadi (yuqoridagi xatning davomiga ko‘ra, ushbu shartnomada xaridorlarga cheklovlar qo‘yilmaydi).

Amaliyotda esa “forvard” shartnomalari asosida sotib olinayotgan benzin mahsulotlari ertasi kuniyoq (ya’ni, xaridorni kuttirmasdan) xaridorga yuklab berilmoqda. Sotuvchi nega “forvard” shartnomalarda bunchalik tez xaridorga mahsulot yuklab beryapti? Xaridor kim? Sotuvchi hamma mahsulotini bitta sessiyada va bitta shartnoma asosida birja savdolariga qo‘ysa, bozor talabi hozirgiga nisbatan 2 barobarga qonishi va bu narxlarning o‘z o‘rniga tushishiga olib kelmaydimi?

“Forvard” chodiri tagida nimalar sodir bo‘lyapti? Bundan manfaatdor bo‘lganlar kimlar?..

Savollar ko‘p. Xabardor.uz vakolati doirasida birja savdolarida kuzatilayotgan o‘yinlar, “fortochka”lar va xalq foydasiga ishlamayotgan xatti-harakatlarni yoritishda davom etadi.

Darvoqe, yaqin kunlarda ayni shu masalada katta suhbat o‘quvchilar hukmiga havola etiladi. Unda siz “O‘zbekneftgaz” AJ, Respubllika tovar xomashyo birjasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Brokerlar uyushmasi vakillarining o‘zaro debatini tomosha qilasiz.


O‘zbekiston


														
														Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024

														
														O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024

														
														Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024

														
														Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024

														
														Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024

														
														AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’…
10:53 / 18.04.2024

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
09:55 / 18.04.2024

														
														Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024

Bu ham qiziq

Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

Yaponiya aholisi ketma-ket o‘n uchinchi yil kamayib bormoqda

2023-yil oktyabr oyida Yaponiya aholisi 124,35 million kishini tashkil etdi.
12:01 / 17.04.2024
Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qozog‘istonda talaba qiz lola terganligi uchun 11 million tenge jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, bu gullar Qizil kitobga kiritilgan.
09:45 / 17.04.2024
Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024
Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024
O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

Ular tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati uchun …
17:10 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi

Bu haqda Qirg‘iziston IIV xabar qildi.
09:18 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning klubi qiziqish bildirmoqda

Abbosbekning Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
14:19 / 17.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!