$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

O‘zbekistonda bolalar uchun odil sudlov mavjudmi?

18:41 / 25.08.2022

Bolalar uchun odil sudlov sohasida faoliyat yuritayotgan milliy mutaxassislar va ekspertlar bugun, 25 avgust kuni “O‘zbekistonda bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyati: hozirgi holat va istiqbollar” mavzusidagi konferensiyada, O‘zbekistonda odil sudlovga erishishdagi to‘siqlar va imkoniyatlarni muhokama qilib, huquqiy islohotlar bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

“Qizlar va o‘g‘il bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash har bir bolaning huquqlari, jumladan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatdan himoya qilish huquqlari buzilgan hollarda adolatli, o‘z vaqtida amalga oshiriladigan samarali himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha qonunlar, tizimlar va amaliyotlar mavjudligini anglatadi”, – dedi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Uning ta’kidlashicha, adliya va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bolaning alohida ehtiyojlari, yoshi, jinsi va qobiliyatini e’tiborga olgan holda uning oliy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

2016-yildan buyon O‘zbekistonda milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, qonun ustuvorligi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan huquqiy va sud-huquq islohotlarining yangi bosqichi davom etmoqda. Islohotlar davomida qonunchilikka bir qator muhim o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lsa-da, bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash O‘zbekistonning huquqiy va qonun ustuvorligi islohotlari kun tartibida alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmagan.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova esa bolalar uchun odil sudlovdan foydalanish faqatgina odil sudlovni va ma’muriy tizimlarni mustahkamlashdan iborat emasligi, bu turli davlat organlarining yaqin o‘zaro hamkorligi ekanini aytib o‘tdi. Uning fikricha, bolalar uchun odil sudlov birinchi navbatda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning mavjudligini va ozodlikdan mahrum qilish faqatgina so‘nggi chora sifatida ko‘rilishini nazarda tutadi.

Konferensiyada Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, mas’ul davlat idoralari vakillari, soha mutaxassislari, fuqarolik jamiyati faollari, akademiklar, xalqaro ekspertlar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan vakillari ham ishtirok etdi.

Shuningdek, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Ahmedov voyaga yetmagan shaxslarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni oshirish: natija va muammolar mavzusida ma’ruzasi tinglandi. Ahmedov o‘z ma’ruzasida hozirda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida mavjud bo‘lgan 112 mingdan ortiq hujjatning 33 mingdan ortig‘ini voyaga yetmaganlarga oid qonunchilik hujjatlari tashkil etishini, mazkur raqamlarning o‘zi ham mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish naqadar hayotiy muhim masala ekanligini ko‘rsatishini ta’kidladi.


Bu ham qiziq

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

Xalqaro tadbirlar doirasida 45 nafardan ziyod yirik loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
20:31 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024
Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.
10:42 / 19.04.2024
Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Ular orasida Keniya Mudofaa vaziri ham bor.
10:50 / 19.04.2024
Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirziyoyeva bu haqida rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
21:27 / 19.04.2024
Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024
Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Doimiy manipulyatsiyaning salbiy tomonlari

Manipulyatsiya jabrlanuvchi uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
13:59 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!