$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

“Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda bogʻchalar soni 6 barobarga koʻpaydi” – Prezident

12:04 / 15.11.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasining ochilish marosimida nutq soʻzladi.

“Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bogʻchalar soni 6 barobarga koʻpaydi. Olis va chekka hududlarda minglab oilaviy bogʻchalar tashkil qilindi.

Tarbiyachi va pedagoglar soni ham 3 barobarga oʻsib, 160 mingga yetdi. Shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini tizimli oshirib borish ishlari ham yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu choralar natijasida bogʻchalarda taʼlim va tarbiya oladigan bolalar sonini 600 mingdan 2 millionga yetkazilib, qamrov koʻlami 70 foizga chiqdi.

Anjumanimizda jahonning 150 mamlakatidan vakillar tashrif buyurgani bugungi kunda maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish global darajada dolzarb ahamiyatga ega ekanidan yaqqol dalolat beradi.

Ishonchim komil, mazkur konferensiya butun dunyoda 2030 yilga qadar maktabgacha taʼlim sohasiga oid siyosatni belgilab olish va shu orqali yosh bolalarga sifatli taʼlim berish yoʻlida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shulardan kelib chiqib, biz quyidagi muhim takliflarni ilgari surishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, shiddatli dunyoda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan davrimizda eng zaif qatlam boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalar ham jiddiy aziyat chekmoqda.

Shu sababli, kichik yoshdagi bolalar uchun sifatli taʼlim berish muammolarini global darajada samarali hal qilish, bu masalalarga birgalikda tezkor yechimlar va tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish juda dolzarbdir.

Buni inobatga olib, mazkur xalqaro konferensiyani muntazam ravishda oʻtkazib borishni taklif etamiz.

Ikkinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uygʻun boʻlgan taʼlim boʻyicha barcha saʼy-harakatlarimizni tizimli muvofiqlashtirish maqsadida Toshkentda YUNESKOning mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusimizni maʼqullaysizlar, deb ishonaman.

Shuningdek, Kichik yoshdagi bolalar taʼlimi boʻyicha jahon tashkiloti bilan qoʻshma loyiha va tadqiqotlarni olib borish, tarbiyaning yangicha uslublarini va metodik qoʻllanmalarni tayyorlash uchun keng qamrovli dasturni ishlab chiqishni taklif etaman.

Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishda jahonda toʻplangan ilgʻor tajribalar, zamonaviy interaktiv oʻqitish uslublari, amaliy bilim va koʻnikmalar bilan oʻzaro almashish maqsadida tarbiyachilar xalqaro hamjamiyatini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz.

Uchinchidan, 2024 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan kelajak sammitining umumiy kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida, kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish masalasini kiritish hamda unga alohida sessiyani bagʻishlash muhimdir.

Bugungi konferensiya yakunlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining bolalar tarbiyasi masalalari umumbashariy taraqqiyotga erishishning muhim omili ekani toʻgʻrisida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish ayni muddao boʻlar edi.

Ushbu hujjatda ota-onalarni bolalarning sifatli taʼlim va tarbiya olishi, maʼnaviy va jismoniy barkamolligini taʼminlashdagi rolini, ularning qobiliyat va salohiyatlarini toʻliq namoyon etish borasidagi masʼuliyatini yanada oshirish kabi masalalar oʻz ifodasini topishi lozim”, – dedi davlat rahbari.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv …
10:33 / 20.04.2024

														
														Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan 19,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan 19,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Musodara qilingan narkotik moddalar kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet tarmog‘i orqali mijozlarga sotilishi rejalashtirilga…
10:23 / 20.04.2024

														
														Bugun, 20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 20-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 20-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
09:25 / 20.04.2024

														
														Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Mirziyoyev Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Qonun milliy qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi Lex.uz saytida e’lon qilindi.
21:43 / 19.04.2024

														
														Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirziyoyeva bu haqida rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
21:27 / 19.04.2024

														
														O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

Xalqaro tadbirlar doirasida 45 nafardan ziyod yirik loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
20:31 / 19.04.2024

														
														Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Merey Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda – Savdo-sa…
16:40 / 19.04.2024

														
														O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
16:24 / 19.04.2024

														
														O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 20-23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarid…
15:41 / 19.04.2024

														
														Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024

Bu ham qiziq

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

O‘zbekistonga 5 milliard AQSh dollaridan ziyod sarmoya kiritish xohishi bildirilgan

Xalqaro tadbirlar doirasida 45 nafardan ziyod yirik loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
20:31 / 19.04.2024
Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Fargʻona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qoʻyildi – DXX

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib b…
11:55 / 19.04.2024
Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Ular orasida Keniya Mudofaa vaziri ham bor.
10:50 / 19.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 20-23-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarid…
15:41 / 19.04.2024
O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

2024-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 254 080 nafarga ko‘p.
10:46 / 19.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.
10:42 / 19.04.2024
Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!