Uzbekistan Airways 2022-yil 19-yanvardan boshlab O‘zbekistondan Qozog‘istonga muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 19-yanvardan boshlab Toshkent–Olmaota–Toshkent, Samarqand–Olmaota–Samarqand, Nukus–Oqtobe–Nukus, Urganch–Oqtov–Urganch, Nukus–Oqtov–Nukus, Toshkent–Nur-Sulton–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways Qozog‘istonning Olmaota, Aktobe va Oqtovga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!