Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Janubiy Koreyaning Seul shahriga parvozlarni koʻpaytiradi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways Toshkent – Seul – Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha parvozlar sonini 1 avgustdan boshlab koʻpaytiradi.
Endi aviaqatnovlar haftasiga 5 marta – seshanba, payshanba, juma, yakshanba va dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentdan joʻnab ketish: 22:15 (Toshkent vaqti bilan);
Seulga yetib borish: 08:25 (Seul vaqti bilan);
Seuldan joʻnab ketish: 10:10 (Seul vaqti bilan);
Toshkentga yetib borish: 13:20 (Toshkent vaqti bilan).
Aviachiptalarni kompaniya rasmiy sayti, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!