Oʻzbekistonlik aralash yakkakurash jangchisi Anvar Boynazarov deyarli bir yillik tanaffusdan soʻng yana oktagonga koʻtarildi.
Boynazarov bugun Dallas shahridagi LFA 121 turniri doirasida amerikalik Jon Famga qarshi jang oʻtkazdi. Bellashuv hamyurtimizning tezkor gʻalabasi bilan yakunlandi. Boynazarov jangning 22-soniyasida raqibini nokautga uchratdi.
Hamyurtimiz raqibiga kuchli tizza zarbasini yoʻlladi va Jon Fam oʻzini yoʻqotib qoʻydi, shundan soʻng, Boynazarov raqibiga zarbalar yomgʻirini yogʻdirdi.
Maʼlumot uchun, 33 yoshli Anvar Boynazarov oʻtgan yilning mart oyida AQShning Florida shtatida tashkil etilgan Combat Night turnirida mezbon sportchi Rob Fullerni muddatidan avval nokaut evaziga magʻlub etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!