Avval xabar berilganidek, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi oʻtkazilmoqda. Bugun oʻzbekistonlik rapirachilar jamoaviy dasturda shohsupaga koʻtarilishdi.
Yarim finalda imkoniyatni boy bergan qilichbozlarimiz ukrainalik yoshlarga qarshi bahsda gʻalaba qozonib, uchinchi oʻringa sazovor boʻlishdi. Polsha va Rossiya jamoalari oʻrtasida kechgan raqobatda polyaklar zafar quchdi.
Jahon kubogi, yoshlar.
Rapira, jamoaviy:
1. Polsha
2. Rossiya
3. Oʻzbekiston
Shuningdek, bugun shpaga boʻyicha yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda misrlik Muhammad Al Said barcha raqiblarini magʻlub etgan holda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Jahon kubogi, yoshlar.
Shpaga, yakkalik
1. Muhammad Al Said (Misr)
2. Vladimir Talasov (Rossiya)
3. Kirill Gurkov (Rossiya)
3. Nikita Koshman (Ukraina)
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!