$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

“O‘zbekneftgaz”: Xorvatiya futboli tajribasini “Bunyodkor” klubida qo‘llash bo‘yicha ijobiy ishlar boshlandi

10:57 / 12.07.2022

“Bunyodkor” klubi so‘nggi paytda Xorvatiya futboli bilan yaqindan hamkorlik qilishni boshlagan.

Qisqa vaqt ichida tomonlar bir nechta amaliy tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga ulgurishganligi ham ko‘pchilikka ma’lum. Oldinda rejalashtirilgan yana qator yangi loyihalar mavjud.

Shunday o‘zaro istiqbolli dasturlar doirasida yurtimizga Xorvatiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev Xorvatiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Refik Shabanovich, o‘tmishda taniqli futbolchilar bo‘lgan, hozirda esa futbol mutasaddilari hamda mamlakat savdo-sanoat palatasi vakillari sanalmish Ivitsa Pirich va Vladimir Ribich, xalqaro yurist Marko Bekavas Basich, mutaxassis Ante Gabrilolardan iborat mehmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv kun tartibidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish, jumladan, “Bunyodkor” futbol klubi, uning tasarrufidagi akademiya faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish mavzusidagi hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish hamda malakali trenerlarni jalb qilish, xorvatiyalik sarmoyadorlarning respublikamiz yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi muzokaralar ham o‘rin oldi.

“Janob Mehriddin Abdullayev, avvalambor, bizni oliy darajada kutib olganingiz uchun sizga o‘zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yaqinda ‘Bunyodkor’ning uchta yosh jamoasi Split shahrida tashkillashtirilgan xalqaro Dalmatinko kubogida munosib va muvaffaqiyatli qatnashib qaytishdi. Uch yarim mingdan ortiq ishtirokchilar to‘p surgan bellashuvlarda yosh futbolchilaringiz juda ham mazmunli o‘yinlar ko‘rsatishib, ko‘plab mahalliy mutaxassislarda ijobiy taassurotlar qoldirishdi. Bu yurtingizda iqtidorli sportchilar yetarlicha ekanligini, O‘zbekiston hukumati bolalar-o‘smirlar futboliga alohida katta e’tibor qaratayotganini yaqqol namoyon etdi”, — dedi elchi Refik Shabanovich.

“Ertangi kunimiz vakillariga yaqindan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish siyosati ‘Bunyodkor’ futbol klubida ham eng yuqori darajada bo‘lishi uchun biz har doim izlanishdamiz. O‘zbekistonda iste’dodli futbolchilar juda ko‘p. Ularning kelajagi porloq bo‘lishi uchun, ularning mahorati kelgusida xalqaro talablarga, albatta, mos bo‘lishi uchun vaqti kelib, ular ulg‘ayib, Yevropa klublarida to‘p surishlari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qilishlari uchun biz sizlar bilan, ya’ni Xorvatiya futboli bilan hamkorlik qilishni maqsadga muvofiq deb bildik”, — dedi “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi, “Bunyodkor” FK prezidenti.

Shu bilan birga, xorvatiyalik mehmonlarga “O‘zbekneftgaz” AJ umumiy faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida kechgan qizg‘in muzokaralar natijasiga ko‘ra, taraflar bir qancha yo‘nalishlarda kelishuvga erishishdi.

Bolalar-o‘smirlar futboli sohasida tajriba almashish, o‘zbekistonlik yosh murabbiylarning Xorvatiyaga amaliyot o‘tashga yuborilishi, yevropalik malakali mutaxassislarning yurtimizga kelib, seminar va treninglar tashkil etishlari, o‘z ish uslubi va usullari bilan o‘rtoqlashishlari, bizda va ularda uyushtiriladigan musobaqalarda o‘zbekistonlik hamda xorvatiyalik jamoalarning qatnashishlari shular jumlasidandir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek, yoqilg‘i-energetika sohasida, shu jumladan, uglevodorodlarni qazib chiqarish va ularni qayta ishlash masalasida ham “O‘zbekneftgaz” AJ va Xorvatiya neft va gaz kompaniyalari hamkorlik olib borishi imkoniyati va istiqbollari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur hamkorlikning navbatdagi amaliy davomi sifatida “Bunyodkor” U-21 yoshlar jamoasi 18—30-iyul kunlari yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Zagreb shahriga jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganini keltirish mumkin. Yig‘in doirasida “Qaldirg‘ochlar” mahalliy klublar bilan 4—5 ta o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushishadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati



														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

														
														Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

Shu yili Parijda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari namoyish etildi

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari taqdim etildi.
16:47 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Prezidentlar elchixonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Ikki Prezident Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
15:13 / 19.04.2024
Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Keniya harbiy rahbariyati vakillari vertolyot halokati oqibatida halok bo‘ldi

Ular orasida Keniya Mudofaa vaziri ham bor.
10:50 / 19.04.2024
Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Shahzoda Muhammedova o‘g‘li Dinislomni ilk bor ko‘rsatdi

Bir necha oy o‘tgach, yulduzli juftlik chaqaloqni muxlislarga ko‘rsatishga qaror qilishdi.
13:50 / 19.04.2024
O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi?

2024-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 254 080 nafarga ko‘p.
10:46 / 19.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirziyoyeva bu haqida rasmiy sahifasida ma'lum qilgan.
21:27 / 19.04.2024
Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Isroil armiyasi Eronga hujum qilingani haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi

Portlashdan so‘ng Tehron, Isfaxon, Sheroz shaharlari va qator viloyatlarda parvozlar to‘xtatilgan.
16:41 / 19.04.2024
Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
Nukus–Istanbul–Nukus yo'nalishi ishga tushadi

Nukus–Istanbul–Nukus yo'nalishi ishga tushadi

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab amalga oshiriladi.
21:10 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!