“Jenoa”da to‘p surayotgan mashhur hujumchi Goran Pandev futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Men iyun oyigacha jamoada qolaman. “Jenoa” bilan A Seriyada o‘z o‘rnimizni saqlab qolmaguncha keta olmayman. Bu meni zimmamga tushgan alohida missiya. Shundan so‘ng iste’fo haqida gapirsa ham bo‘ladi.
“Shevchenkoning tayinlanishi? U Ukraina terma jamoasi murabbiyi sifatida ajoyib natijalarga erishdi va bundan yaxshi murabbiy bo‘lishi mumkin emas.
U menga qo‘limdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solishim va yoshlarga yordam berishimni aytdi”, - deydi shimoliy makedoniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 21-noyabr, yakshanba kuni “Jenoa” Shevchenko boshchiligidagi ilk o‘yinda “Roma”ni qabul qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!