“Barselona” yarim himoyachisi Pedri joriy yil hisobidan boshqa maydonga tusha olmaydi.
Bu haqda AS nashri xabar beradi. Oxirgi marta yarim himoyachi sentyabr oyi oxirida “ko'k-anorranglilar” safida maydonga tushgan edi. Keyinchalik u mushaklaridan olgan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgan.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi iqtidorli yarim himoyachiga to‘liq tiklanishi uchun vaqt beradi. Hech kim futbolchining sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Pedri yaqinda “Golden Boy” sovrinini qo‘lga kiritgan edi - u 2021 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!