Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang Ukrainadagi mojaro oloviga “moy sepishni” to‘xtatishga chaqirdi.
“Rasmiy Pekin barcha tegishli davlatlarni Ukraina mojarosi oloviga “moy sepishni” to‘xtatishga, Xitoyni ayblashga va “bugun Ukraina, ertaga Tayvan” haqidagi bayonotlarni tarqatishni bas qilishga chaqiradi”, deydi Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan.
Shuningdek, siyosatchi Xitoy muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.
“Biz murosaga hamda muzokaralarga ko‘maklashishda davom etamiz, muloqot va maslahatlashuvlarni rivojlantirish uchun xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlaymiz, barcha tomonlarning tashvishlarini hal qilish va umumiy xavfsizlikka erishish uchun harakat qilamiz”, dedi Sin Gan Xitoyning global xavfsizlik tashabbusini tavsiflovchi hujjat e’lon qilishini munosabati bilan qilgan chiqishida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!