Qo‘shma Shtatlar Turkiya rasmiylarining istalgan vaqtda Suriya shimolida yangi quruqlik operatsiyasini boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq Anqara agar kurd qurolli kuchlari Suriya shimolidagi uchta hudud: Manbij va Tel-Rifat hududlarini tark etmasa, harbiy operatsiya boshlashini ma’lum qilgandi.
Shunday qilib, Turkiya hukumati AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kurd qurolli guruhlariga o’ziga xos ultimatum qo‘ydi.
Voqealarning bunday rivojlanishi munosabati bilan Pentagon rahbari Lloyd Ostin Turkiyani “Suriya demokratik kuchlariga qarshi harbiy yurishni boshlashdan ogohlantirdi.
AQSH mudofaa vaziri oʻz bayonotida Qoʻshma Shtatlar keskinlashuvga qatʼiy qarshiligini ochiqlagan.
“Biz Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy amaliyotiga qarshimiz. Bu haqda Turkiya tomoni bilan gaplashamiz”, - dedi AQSh rasmiysi.
Shuningdek, Lloyd Ostinning turkiyalik hamkasbi Hulusi Akar bilan telefon orqali muloqot qilgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlandi.
Turkiyadagi teraktlar munosabati bilan hamdardlik izhoridan boshlab (avvalroq Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari AQShning hamdardliklarini qabul qilmagan va ularni jinoyat joyiga qaytgan jinoyatchining hamdardligi deb atagan edi. ), Pentagon rahbari Turkiya mudofaa vaziriga Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya shimolidagi havo hujumi “Amerika harbiy xizmatchilari xavfsizligiga bevosita tahdid solayotganini” aytgan.
Suhbat davomida Ostin turk harbiylarining harakatlarini nomaqbul deb atagan.
Ma’lumot uchun, Turkiya Suriya Shimolidagi Kurdlarga qarshi harbiy operatsiya boshlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!