Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temiryo‘l liniyasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Anadolu agentligi Geo News telekanaliga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, yana 70 kishi jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, portlash natijasida poyezdlardan biri qisman shikastlangan, yaqin hududdagi avtomobillarga ham zarar yetgan. Kuchli portlash to‘lqini sabab atrofdagi binolarning oynalari sinib ketgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!