Arxeologlar tomonidan Polsha hududidan mamont suyagidan yasalgan qadimiy taqinchoq topildi. Olimlar mazkur taqinchoq bundan 41500 yil avval yasalganini taxmin qilmoqdalar.
U Yevroosiyo hududidan topilgan eng qadimiy taqinchoq ekani aytilmoqda.
Mamont suyagidan kesib yasalgan taqinchoq Staynya g‘oridagi qazishma ishlari jarayonida qo‘lga kiritgan. Ushbu g‘or uzoq o‘tmishda neandertal odamlar uchun boshpana vazifani o‘tagan, keyinchalik yuqori paleolit davrida ham odamlarning yashash maskani bo‘lgan.
Aynan mana shu kabi taqinchoqlar avvallari Germaniya va Fransiya hududidagi g‘orlardan ham topilgan, ammo ularning 30-40 ming yil avval yasalgani ma’lum bo‘lgan. Polsha hududidan topilgan tarixiy buyum esa avvalgi namunalarga nisbatan qadimiyroqdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!