APL jamoasi “Nyukasl” o'zining rasmiy sayti orqali Eddi Xauni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganligini e‘lon qildi.
43 yoshli mutaxassis “qarg‘alar” bilan 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Muxlislarga Xau “Bornmut” boshqaruvidagi muvaffaqiyatli natijalari bilan mashhur.
U jamoani Angliyaning to‘rt divizionida ham boshqargan murabbiy hisoblanadi. 2015 yilda Eddi qo‘l ostida “Bornmut” birinchi marta Premyer-ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng jamoa besh yilni oliy divizionda o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining o‘n bir turidan so‘ng “Nyukasl” turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!