Premer-liga klublari aʼzolarida koronavirus bilan kasallanish rekord darajaga yetdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 20-dekabrdan 26-dekabrgacha boʻlgan hafta davomida 103 ta infeksiya bilan bogʻliq holat qayd etilgan. Xuddi shu davrdagi avvalgi rekord 90 ta holat edi.
Keltirilishicha, oʻtgan hafta davomida liga vakillari 15 186 ta sinovdan oʻtishgan.
Eslatib oʻtish joiz, APlning joriy mavsumida koronavirus sabab 15 ta oʻyin boshqa kunlarga koʻchirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!