Isroilning “Yediot Aхronot” nashri rossiyalik tadbirkor Mixail Proxorov Isroilga kelgani va bu davlat fuqaroligini olganini da’vo qilmoqda.
Nashrning yozishicha, Proxorov bir necha kun avval Shveysariyadan shaxsiy samolyotda Isroilga kelgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u sayyoh sifatida kelgan va allaqachon mamlakatda fuqarolik olish tartibidan o‘tgan.
“Bloomberg Billionaires Index” (BBI) ma’lumotlariga ko‘ra, Mixail Proxorovning (“onexim” guruhi) boyligi 13,5 milliard dollarga baholangan.
Qayd etish mumkin, Proxorov Rossiyalik tadbirkor, milliarder va siyosatchi hisoblanadi. U “Fuqarolik platformasi” partiyasining asoschisi bo‘lib, 2012 yil 4 martda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida ishtirok etgan va 7,98 foiz ovoz to‘plab, 3-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!