PSJ yarimhimoyachisi Ander Errera Messi haqida berilgan savolga javob berdi.
- Messining eng yaxshi oʻyini uning jismoniy holati va jamoadoshlari bilan birgalikdagi ishiga bogʻliqmi?
- Biz Leoning eng yaxshi variantini – “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvida koʻrdik.
Menimcha, bu ham bizning masʼuliyatimiz — uni oʻrab turganlarning zimmasida. Undan maksimal darajada foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak.
Odatda biz, koʻpchilik yerliklar, yangi sharoitlarga moslashishimiz kerak. Hozir buning aksi, chunki biz tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqida gapiryapmiz”, — dedi Errera.
Maʼlumot oʻrnida, 28-sentyabr kuni PSJ Chempionlar ligasi doirasida “Manchester Siti”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Oʻshanda argentinalik futbolchi oʻz hisobiga bitta gol yozdirib qoʻygan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!