PSJ yanvar oyida yarim himoyachi Yulian Drakslerni ijaraga berishni rejalashtirgan edi, biroq hozircha hammasi futbolchining yuqori maoshiga bogʻliq, manfaatdor klublar uni toʻlashga tayyor emas.
Bu haqda mahalliy LʼEquipe nashri jurnalistlari xabar berdi. Qayd etilishicha, nemis futbolchisi hozirda Parijda yiliga toʻrt million yevrodan koʻproq maosh oladi.
Uning PSJdagi maqomiga kelsak, yozgi transferlardan soʻng, Draksler raqobatni boy berib, chuqur zaxiraga oʻtirdi.
Mavsumning birinchi qismida u atigi 14 ta bellashuvda qatnashgan, futbolchining parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi esa 2024-yilning yoziga qadar tuzilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!