Braziliyalik vinger Filippe Koutinyo Ispaniya La ligasidan Fransiyaga yoʻl olishi mumkin. PSJ hujumchisi Neymar oʻz hamyurtining transferiga qiziqmoqda, deb xabar beradi El Nacional.
Yulduzli hujumchi allaqachon klubdan Koutinyo bilan shartnoma imzolashni soʻragan. Agar Neymar PSJni koʻndira olsa, Filippening transferi shu oy oxirigacha rasmiylashtiriladi.
Oʻz navbatida, Koutinyoga egalik qiluvchi Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchining ketishiga xalaqit bermaydi.
“Koʻk-anorranglilar” anchadan beri klub tarixidagi asosiy transfer hisoblangan, biroq kutilgan darajaga chiqa olmagan braziliyalik futbolchini sotish harakatida edi.
Maʼlumot oʻrnida, 29 yoshli hujumchi “Barsa” safida 106 oʻyinda maydonga tushib, 25 ta gol, 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!