Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Pyotr Yan manfaatlarini himoya qiluvchi menejer Sayat Abdurahmanov Aljemeyn Sterling bilan revansh jangi 5-martdan 9-aprelga koʻchirilishi mumkinligi haqidagi maʼlumotga izoh berdi.
“Rasman Pyotr Yanning jangi aprelga qoldirilgani yoʻq. Ammo bunday variant boʻlishi mumkin va u muhokama qilinmoqda, deya xabar bergan Abdrahmanov.
Oʻz navbatida, Sterlingning oʻzi ham bu maʼlumotni tasdiqlagan.
“Jang keyingi koʻchirildi. Balki aprel oyida duel oʻtkazarmiz. Nima boʻlganini bilmayman, lekin mashgʻulotlarda davom etyapman va tayyorman”, — deya maʼlum qilgan sportchi.
Jangning qoldirilishi haqida turli xabarlar tarqalayotgan boʻlsa-da, hozircha aniq va rasmiy maʼlumot yoʻq.
Eslatib oʻtish mumkin, Yan UFC 259 musobaqasida boʻlib oʻtgan Aljameyn Sterling bilan jangda UFC chempionlik kamaridan mahrum boʻlgan edi. Oʻshanda rossiyalik sportchi toʻrtinchi raundda raqibining boshiga taqiqlangan tizza zarbasini bergan.
Qayd etish mumkin, Yanning soʻnggi jangi Abu-Dabidagi UFC 267 musobaqasida boʻlib oʻtgan, u yerda u amerikalik jangchi Kori Sandhagenni magʻlub etdi, shundan soʻng u super yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioniga aylangan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!