Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida Nexia avtomobil yuk mashinasining tagiga kirib ketgani tasvirlangan suratlar tarqaldi. Namangan viloyati IIB JXX YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27-iyun kuni soat 08:30 lar atrofida A-373 Toshkent–Osh avtomobil yo‘lining 234-kilometrida harakatlanib ketayotgan Nexia haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga urilgan.
Hodisa oqibatida har ikkala avtomashina texnik shikastlangan hamda Nexia haydovchi va yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!