MCHJ rahbari Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi issiqlik tarmog‘ini ta’mirlashga yo‘naltirilgan 934,4 million so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S-TH.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 934,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini hamda ushbu ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!