Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.
Unda ma’lum bo‘lishicha, “C.B.S” MCHJ rahbari I.B. “Sovsantepa” MFY hududidagi MChJga qarashli issiqxonani “Shahrisabz-Qarshi” magistral ichimlik suvi quvuriga noqonuniy ulab, 237,5 mln. so‘mlik ichimlik suvini sarflab, “Qashqadaryo suv ta’minoti” MChJ manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!