Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bank rahbari fuqarodan tirikligini isbotlovchi ma’lumotnoma so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro kredit olish uchun bankka borgan bank rahbari esa undan yashayotganligi haqida ma’lumotnoma so‘ragan. Shu sabab fuqaro ushbu ma’lumotni qayerdan olish mumkinligini so‘rab, Prezidentga murojaat qilgan.
“Kredit olish uchun hamma hujjatlarni taxlab bankga bordim. Hujjatlarimni hammasi to‘g‘ri ekan. Shu sababdan boshliqning oldiga borishimni aytishdi. Kirsam, bank rahbari qo‘limdan barcha hujjatlarni oldi. Hujjatlarim joyidaligini aytdi, keyin esa tirikligimni tasdiqlovchi ma’lumotnoma olib kelishimni so‘radi. Men bilan gaplashayotgan bank rahbari mening tirikligimga ishonmayapti va bu faktni tasdiqlovchi hujjat olib keling, deydi. Aytingchi, borligimni tasdiqlovchi hujjatni menga kim beradi?”, deydi fuqaro.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!