“Kun.uz” nashrida ikki oy oldin harbiy xizmatni bajarish uchun armiyaga kuzatilgan 2003-yilda tug‘ilgan yigit vafot etganligi haqida tahliliy material e’lon qilingandi.
Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar qilishicha, Qashqadaryodagi harbiy qismda xizmatni o‘tayotgan askar vafot etganligi holati yuzasidan Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur holat sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!