Kecha, 29-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Beglamish” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4P-87 avtomobil yo‘lida “Lada” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqida viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani haqida o‘tkinchi fuqarolar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:38 da xabar bergan. Shundan so‘ng, qutqaruv xizmatidan 1 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat taxminan 15:05 larda to‘liq bartaraf etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil harakatlanayotganida to‘satdan yong‘in chiqqan, mashinada birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi (“ognetushitel”) bo‘lmagani uchun haydovchi yong‘inni o‘chira olmagan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yuzaga kelgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!