Qatarda bu yil qishda oʻtkaziladigan jahon chempionati uchun oʻta noodatiy stadion barpo etilgan.
Doxadagi “974 stadioni” haqiqatdan ham oʻziga xosdir. Noodatiy oʻyingoh dunyodagi birinchi mobil futbol arenasi hisoblanib, u butunlay yuk tashish konteynerlaridan qurilgan.
Baʼzi konteynerlar nafaqat struktura sifatida, balki u yerda hojatxonalar va hammomlarni joylashtirish uchun ham ishlatiladi. Arena sigʻimi esa 40 ming tomoshabinga moʻljallangan.
Bundan tashqari, bunday stadionni demontaj qilish va boshqa joyga koʻchirish mumkin. Jahon chempionatidan keyin u butunlay qismlarga ajratiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!